Navoiyda chaqalog‘ini 5 million so‘mga sotayotgan ayol jinoyat ustida ushlandi
Navoiy viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan Karmana tumanida o‘zining 3 haftalik chaqalog‘ini 5 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Navoiy viloyat IIB matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilmoqda.
1981 yilda Nurota tumanida tug‘ilgan, turmushidan ajralgan F.A. shu yilning 4 mart kuni tug‘ilgan farzandi Mehriddinni qiziltepalik ayol D.J.ga 5 million so‘mga sotishga kelishgan. D.J.ning mazkur kelishuv yuzasidan Navoiy viloyat huquqni muhofaza qilish organlariga yozgan arizasidan so‘ng F.A. jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
13:31 / 22.11.2024
Buxoro va Navoiyda saksovullarni sindirganlarga 43 mln so‘m jarima belgilandi
14:11 / 11.11.2024
Navoiyda Nexia va Exeed to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
12:32 / 06.11.2024
Misr Navoiydagi mis konida burg‘ilash ishlarini boshladi
16:28 / 01.11.2024