AQSh vakili Venesuela prezidenti yil oxirigacha chetlatilishini aytdi
AQShning Venesuela bo‘yicha maxsus vakili Elliott Abrams CNN efirida Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hokimiyatdan chetlatish uchun bir yildan kamroq vaqt kerak bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi.
Abrams Maduroning hokimiyatda yana qancha qolishi mumkinligi haqidagi savolga javoban u o‘z vakolatlarini uzoq saqlay olishiga shubha bildirgan.
“Bir yildan keyin bu haqda yana gaplashishimizga to‘g‘ri kelishiga katta shubhadaman”, deb aytgan Abrams.
Uning ta'kidlashicha, Venesuelada hokimiyat bosim muayyan darajagacha kuchaygandan keyin tezda o‘zgaradi. AQSh vakili vaziyatga harbiylar aralashishi ham mumkinligini istisno qilmagan.
Abrams Lotin Amerikasi davlatidagi vaziyatni bir muhim farqdan tashqari, Suriyadagi inqirozga qiyoslagan. Uning ta'kidlashicha, Venesuelada Suriyadagi kabi minglab xorijiy, jumladan eronlik jangchilar yo‘q, shu sababli ssenariy mutlaq boshqacha ko‘rinish oladi va Maduro Bashar Asad kabi hokimiyatni saqlab qololmaydi.
Mavzuga oid
10:31
AQSh Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024