Chet tili o‘qituvchilarining til bilish darajasi qanday?
Shvetsiyaning Education first kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ingliz tili o‘qituvchilarining bilim darajasi baholanadi va malakasi oshiriladi. Bu haqida Ma'rifat nashri xabar bermoqda.
Xabarda keltirilishicha, ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha xalqaro reytingda o‘rganilgan 88 davlatning o‘rtasida O‘zbekiston 86-o‘rinni, Osiyo davlatlari o‘rtasida esa oxirgi o‘rinni egallagan.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovga ko‘ra, mazkur reyting dunyo bo‘yicha 1,3 million foydalanuvchining tahlili asosida tuzilgan bo‘lib, ishtirokchilarda o‘z bilimini tekshirishga qiziqish bo‘lgan va internetdan bemalol foydalana olgan. Agar til bilish darajasi keng aholi o‘rtasida tahlil qilinadigan bo‘lsa, natija bundan ham pastroq bo‘lishi mumkin.
«Barcha ingliz tili o‘qituvchilarining bilim darajasini tekshirish uchun IELTS, TOEFL imtihonlarini o‘tkazish bizga qimmatga tushadi. Shu bois o‘qituvchilar bilimini bepul baholash borasida Shvetsiyaning Education first kompaniyasi bilan kelishib olindi. Mazkur imtihon natijalari xalqaro CEFR ko‘rsatkichlari bilan mos tushadi.
Shuningdek, ingliz tili fani o‘qituvchilarining malakasini oshirib borish maqsadida aniq dastur ishlab chiqiladi», — deydi xalq ta’limi vaziri.
Mazkur dastur yordamida chet tili bo‘yicha pedagog kadrlarning kuchli tomonlari va kamchiliklari o‘rganilib, xulosalar asosida o‘qituvchilarning malakasini oshirish maqsadida maxsus o‘quv kurslari dasturi ishlab chiqiladi.
Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmatining bayonotiga ko‘ra, hozirga qadar o‘qituvchilarning bilimini xolis baholash imkonini beruvchi milliy tizim mavjud bo‘lmagan, bu boradagi harakatlar ilk marotaba amalga oshirilmoqda.
«Ingliz tili bo‘yicha umumiy dasturni o‘zlashtirgan o‘qituvchi ham IELTS/CEFR/TOEFL bo‘yicha sertifikatga ega pedagog ham salohiyati turlicha bo‘lishiga qaramasdan bir xil maqomda ko‘riladi. Aynan chet tilini bilish malakasini aniq baholash bo‘yicha tizimning yo‘qligi qaysidir ma’noda pedagogning bir nuqtada qotib qolishiga ham sabab bo‘ladi», — deydi Norin tumanidagi 71-maktab o‘qituvchisi J.Bobojonova.
IELTS bo‘yicha instruktor Zohid Ibrohimovga ko‘ra, xorijiy tillarni o‘qitishda umumta’lim maktablarida o‘ta oddiy, klassik metodlardan foydalaniladi.
«Vaholanki, til o‘qitish bo‘yicha uslublar deyarli har kuni o‘zgarib, osonlashib boryapti. Bu esa o‘qituvchining mahorati, malakasiga bog‘liq», — deydi.
Vazirlik axborotiga ko‘ra, mazkur loyiha natijalariga ko‘ra, boshqa xorijiy tillar o‘qituvchilarini ham imtihondan o‘tkazib, malaka oshirish kurslarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
15:18 / 13.11.2024
O‘zbekiston ingliz tili savodxonligi reytingida 98-o‘ringa tushdi
22:40 / 05.11.2024
Mudofaa «yashil energetika»ga qarshi: Shvetsiya 13 ta shamol generatori qurilishiga ruxsat bermadi
21:59 / 02.11.2024
Shvetsiyada noqonuniy migrantlarga qarshi kurash kuchaytiriladi
12:07 / 23.10.2024