Dunyodagi eng yirik xususiy öquv muassasasi EF Education First ingliz tilini biliş darajasi böyiça har yillik global reytingni taqdim etdi. U 88 mamlakat va mintaqalarda yaşovçi, ona tili ingliz tili bölmagan 1,3 million kişi böyiça ma'lumotlarga asoslangan.
«EF EPI tadqiqotimiz şuni körsatadiki, davlatlar va alohida şaxslar ingliz tilini örganişga sarmoya kiritişda davom etyapti, bunda til raqobatbardoşlikning dastaklaridan biri sifatida muhimligi tan olinmoqda», - deya aytib ötdi EF’ning tadqiqotlar böyiça katta direktori doktor Minx N. Tran.
Uning sözlariga köra, EF uşbu reytingni e'lon qila boşlagaç, u hukumatlar, kompaniyalar va öqituvçilar uçun ingliz tili könikmalarini muhokama qilişda de-fakto öziga xos körsatkiçga aylandi.
Reytingda birinçi örinni Şvetsiya egalladi, ikkinçi - Niderlandiya, uçinçi - Singapur.
Ulardan taşqari, birinçi 12 örinni (juda yuqori darajadagi mamlakatlar) Norvegiya, Daniya, JAR, Lyuksemburg, Finlyandiya, Sloveniya, Germaniya, Belgiya va Avstriya egalladi.
13 dan 27 gaça bölgan pozitsiyalar daraja şunçaki yuqori bölgan davlatlarga berildi. Ular orasida Polşa, Çexiya, Malayziya, Gretsiya, Bolgariya, Argentina va boşqalar bor.
28 dan 44 gaça bölgan örinlardan örtaça darajadagi mamlakatlar joy oldi - Fransiya, Janubiy Koreya, Ispaniya, Belarus, Rossiya, Ukraina va boşqalar.
45 dan 65 gaça bölgan poğonalar past darajadagi mamlakatlar bilan band. Bular Braziliya, Gruziya, Xitoy, Pokiston, Misr, Indoneziya va boşqalar.
Sönggi örinlarni (65 dan 88 gaça) ingliz tilini biliş darajasi juda past bölgan mamlakatlar egalladi - Eron, Ozarboyjon, Suriya, Qozoğiston, Jazoir, Turkiya, Gonduras va boşqalar. Özbekiston 86-örinni egalladi, Iroq - 87, Liviya - 88.
Ma'lumot uçun: Education First xalqaro ta'lim markaziga 1965 yilda asos solingan. EF dunyodagi eng yirik xususiy öquv muassasasi hisoblanadi, uning filiallari jahonning 100 dan ortiq davlatida faoliyat yuritadi.













