Slovakiya prezidenti lavozimini ilk bor ayol kishi egallaydigan bo‘ldi
Advokat Zuzana Chaputova Slovakiyada 30 mart kuni o‘tgan prezident saylovlarining 2-bosqichida g‘alaba qozonib, yangi prezident etib saylandi. Unga saylovchilarning 58,38 foizi ovoz bergan, uning raqibi – Yevrokomissiya rahbari o‘rinbosari Marosh Shefchovich esa 41,62 foiz ovoz to‘plagan.
E'tiborlisi, Chaputova Slovakiyaning birinchi ayol prezidenti bo‘ladi.
Shefchovich saylov uchastkalarining 60 foizidan olingan ovozlar hisob-kitob qilingandan so‘ng o‘z mag‘lubiyatini tan olgan va Chaputovaga tabrik sifatida guldasta jo‘natgan.
Chaputova brifingda siyosiy qarashlari, dini va millatidan qat'iy nazar barcha slovakiyaliklarning prezidenti bo‘lishga va'da bergan.
Saylovlarning yakuniy rasmiy natijalari 31 mart kuni tush vaqtida e'lon qilinadi.
Chaputova o‘z lavozimlarini bajarishga amaldagi prezident Andrey Kiskaning vakolati yakunlangandan keyin, ya'ni 15 iyundan kirisha oladi.
Mavzuga oid
11:35 / 09.09.2024
YeI demokratiyaga cheklovlar tufayli Slovakiyani mablag‘dan mahrum qilishi mumkin
23:18 / 06.09.2024
Slovakiya bosh vaziriga o‘q uzgan yozuvchi o‘zining ozod etilishini so‘ramoqda
10:56 / 14.08.2024
Slovakiyada Fitso hukumatiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi
14:41 / 19.07.2024