Toqayev Rossiya va Qozog‘istonning ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashini bildirdi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda asosiy vazifasi ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni ta'minlash ekanligini bildirdi.
"Munosabatlarimiz muntazam ravishda rivojlanib bormoqda va Nursulton Nazarboyev aytganidek, qat'iy o‘lchamga ega. Shu bois mening vazifam mazkur strategiyani, ayniqsa Rossiya bilan munosabatlarimiz saqlanib qolishini ta'minlashdan iborat. Men xalqlarimiz o‘rtasida erishilgan do‘stlik salohiyatini mustahkamlash uchun bor imkoniyatimni ishga solaman", - dedi Toqayev. U aynan mana shunday munosabatlar Qozog‘iston va Rossiya milliy manfaatlariga to‘laligicha mos kelishini ta'kidladi.
Toqayev ittifoqchilik munosabatlari va undan kelib chiqadigan majburiyatlar nima ekanligini yaxshi tushunishini qayd etdi.
"Shuning uchun, ittifoqchilik va sherikchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Yekaterinburgda imzolangan shartnoma shubhasiz barcha sohalar – iqtisodiyot, siyosat, xalqaro munosabatlar va gumanitar sohalardagi izchil hamkorligimiz uchun jiddiy asos bo‘ladi deb o‘ylayman", - dedi Qozog‘iston prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, bugun 3 aprelda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklifiga ko‘ra, Rossiyaga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu Toqayevning prezident sifatidagi ilk xorijiy tashrifi hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024