Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Zelenskiyga tungi videomurojaatda: «Erkak bo‘l!»
Ukraina yetakchisi Pyotr Poroshenko mamlakat prezidentligiga nomzod Vladimir Zelenskiyni o‘zi bilan debatlarga kelishga chaqirdi. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» xabar bermoqda.
«Bu - chiroyli emas. Erkak bo‘ling. Debatlarga keling», - dedi Poroshenko tungi videomurojaatda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy sabablarni qidirish va shartlarni qo‘yishdan to‘xtashi lozim.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, stadionda debatlarni o‘tkazishga rozi bo‘lgan.
Bundan oldin, Ukraina prezidenti lavozimiga nomzod, shoumen Vladimir Zelenskiy prezident saylovlarining 2-bosqichiga o‘ta olmagan Yuliya Timoshenkoga Pyotr Poroshenko bilan debatlarda hakam bo‘lishni taklif qilgandi.
«Pyotr Poroshenko chaqirig‘imni qabul qildi, u gaplashish ohangini keskin o‘zgartirdi. Xo‘sh, janob prezident, sizning epsiz uzrlaringizni qabul qilaman, men kamtar odamman. Ukraina fuqarolarining uchdan biriga kelsak, ularning o‘zi hal qilsin. Ushbu debatlar Ukrainani birlashtirish va butun dunyoga erkin demokratik davlat sifatida dovrug‘ini yoyish uchun imkoniyatdir», - deb aytgan Zelenskiy Facebook’da joylashtirilgan videoda.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026