O‘zbekiston | 07:31 / 06.04.2019
30857
2 daqiqa o‘qiladi

Ko‘chmas mulk bo‘yicha qator talablar bekor qilinadi

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. 

Hujjat bilan quyidagilar:

ko‘chmas mulkni begonalashtirishda davlat notarial idorasiga Ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga ulanish imkoniyatini bergan holda, unga bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi to‘g‘risidagi ma'lumotnomani taqdim etishni;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ko‘chmas mulk egalaridan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatga ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning yozuvi (shtampi) qo‘yilishini talab qilishni;

2020 yil 1 yanvardan boshlab qurilgan uy-joyga mulk huquqini hamda qonun asosidagi ipotekani O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta'minlash, shuningdek, bankka ro‘yxatdan o‘tkazilgan uy-joyga nisbatan mulk huquqi to‘g‘risidagi hujjat nusxasini va qonun asosidagi ipoteka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi shtamp qo‘yilgan kredit shartnomasini taqdim etish bo‘yicha qarz oluvchining majburiyatlarini nazarda tutuvchi tartib bekor qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid