Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotoreportaj: Andijonda piyoda yurish marafonida 40 ming kishi qatnashdi
7 aprel kuni Andijon shahrida Butunjahon Salomatlik kuni munosabati bilan piyoda yurish marafoni o‘tkazildi. Kun.uz muxbiri xabar qilishicha, marafonda qariyb 40 ming kishi ishtirok etgan.
Turli tashkilot va muassasalarda faoliyat yurituvchi xodimlar hamda boshqa ko‘ngilli kishilar tongda shaharning Amir Temur va Sharof Rashidov ko‘chalari kesishmasiga to‘planishgach, viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov piyoda yurish marafoniga start bergan.
Shundan so‘ng sport libosidagi sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari shaharning Alisher Navoiy ko‘chasi bo‘ylab 10 kilometrlik yo‘lni piyoda bosib o‘tishgan va Eski shahardagi Registon maydoniga kelishgan.
Tarixiy majmuada tibbiyot muassasalari tomonidan salomatlikni targ‘ib qiluvchi tadbirlar, sportchi yoshlar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish qilingan.










Mavzuga oid
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
12:21 / 22.12.2025
Andijonda bozor rastasi quladi (video)
22:08 / 13.12.2025
Andijon va Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
08:25 / 11.12.2025