Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Import bojlari stavkalariga o‘zgartirishlar kiritildi
Import bojxona bojlari stavkalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
Bojxona bojlari stavkalari uch turda bo‘ladi:
• advalor – soliq solinadigan tovarning bojxona qiymatiga foizlarda hisoblanadi;
• maxsus – soliq solinadigan tovar birligiga belgilangan miqdorda hisoblanadi;
• aralash – advalor va maxsus turdagi stavkalarni o‘zida jamlaydi.
Amaldagi stavkalarga o‘zgartirishlar kiritildi: ilgari advalor stavkalar qo‘llangan ikkita pozitsiya bo‘yicha aralash stavkalar joriy etildi.

Izoh. 4011800000 «Transport vositalari va qurilishda, tog‘ ishida yoki sanoatda foydalaniladigan mashinalar uchun yangi shinalar» bundan mustasno, ular bo‘yicha stavka – 0.
Shu tariqa, o‘zgartirishlardan maqsad – import bojxona boji summasining quyi chegarasini joriy etish. U import qilinayotgan tovar birliklari sonini 3 AQSh dollariga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. So‘ng oddiy usul qo‘llaniladi: aralash stavka komponentlarining har biri alohida (advalor va maxsus stavkalar) hisoblanadi va eng ko‘p chiqqani to‘lanadi.
Binobarin, donasi 30 AQSh dollaridan kam bo‘lmagan yangi yoki donasi 15 AQSh dollaridan kam bo‘lmagan tiklangan (foydalanilgan) avtoshinalarni import qilishda to‘lanishi lozim bo‘lgan boj miqdori oshdi.
Shartli misol: qiymati 100 AQSh dollarini tashkil etadigan, ya'ni donasi 25 AQSh dollaridan bo‘lgan yangi avtomobil shinalari komplektidan (4 dona) bojxona boji summasi o‘zgartirishlar kiritilgunga qadar 10 AQSh dollarini (100 AQSh dollari x 10%) tashkil etgan. O‘zgartirishlar kiritilgandan keyin xuddi shu miqdor va qiymatda u 12 AQSh dollarini (100 AQSh dollari x 10%, biroq kamida 3 AQSh dollari x 4 dona) tashkil etadi.
Hujjat 4.04.2019 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
08:59 / 26.05.2026
O‘zbekistonga Qozog‘iston nefti yetkazib berilishi mumkin
23:10 / 25.05.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 12 barobar oshirilishi kutilmoqda
20:10 / 25.05.2026