Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston prezidenti fuqarolarga murojaat bilan chiqadi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev 9 aprel, seshanba kuni mahalliy telekanallar efirida mamlakat fuqarolariga murojaat bilan chiqadi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar bermoqda, deya yozadi RIA «Novosti».
Qayd etilishicha, murojaat translatsiyasi Nur-Sulton vaqti bilan soat 13:00 (Toshkent vaqti bilan 12:00)da boshlanadi.
To‘qayev nima haqida gapirishiga aniqlik kiritilmagan. Ba'zi mutaxassislarning fikriga ko‘ra, u muddatdan avvalgi prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi haqida e'lon qilishi mumkin.
20 mart kuni Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev iste'foga chiqdi. Mamlakatga Qosim-Jomart To‘qayev rahbarlik qilmoqda.
Bundan oldin, Qozog‘iston moliya vaziri o‘rinbosari poytaxt nomida adashib ketgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025