Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandda Yangi yil nishonlanishi vaqtidagi avtohalokatlarda 174 kishi halok bo‘ldi
Tailandda Songkran – Yangi yilning 3 kun nishonlanishi vaqtida yo‘l-transport hodisalarida 174 kishi halok bo‘ldi, 1728 kishi jabrlandi. Bu haqda Bangkok Post nashri xabar berdi. 72 soat ichida 1665 ta yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Bunday ko‘rsatkichlar tailandliklarning bayram vaqtida mamlakat bo‘ylab ommaviy harakatlanishi bilan bog‘langan.
Biroq aytish joizki, o‘tgan yilga nisbatan yo‘l-transport hodisalari soni 9,7 foizga, halok bo‘lganlar soni 17,1 foizga, jabrlanganlar 9,4 foizga kamaygan.
O‘tgan yillar kabi yo‘l-transport hodisalariga asosan mast holatda mashina boshqarish (38 foiz) va tezlikni oshirish (27,5 foiz) sabab bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisalarining aksariyatida mototsiklchilar ishtirok etgan. Soat 16:00dan 18:00gacha oraliqda eng ko‘p avtohalokat yuz bergan.
Songkran vaqtida politsiya butun mamlakat bo‘ylab qo‘shimcha 2036 ta nazorat-o‘tkazish punkti o‘rnatgan. Ularda 2,62 mlnta transport vositasi haydovchilarning spirtli ichimliklar ichganligiga tekshirish uchun to‘xtatilgan. Natijada 71,3 ming haydovchi mast holatda bo‘lgani aniqlangan va ulardan 2294 ta transport vositasi musodara qilingan.
2018 yilda ushbu bayram nishonlanishi vaqtida bir hafta ichida 418 kishi halok bo‘lgan, 3,8 ming kishi jabrlangan. 11 apreldan 17 aprelgacha qirollik yo‘llarida 3,7 ming yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, Tailandda har kuni avtohalokatlarda 66 kishi hayotdan ko‘z yumadi.
Mavzuga oid
15:05 / 19.05.2026
Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi
18:31 / 18.05.2026
“Bolamni koptok kabi uchirib yuborgan”: Olmaliqda pikap bir bolani o‘ldirdi, biri komada
19:01 / 10.05.2026
Andijonda “Lasetti” zovurga tushib ketdi
10:21 / 30.04.2026