Fan-texnika | 11:20 / 22.04.2019
18943
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda Tesla elektrokari noma'lum sababga ko‘ra portlab ketdi (video)

Foto: Jay in Shanghai / Twitter

Tesla kompaniyasi Shanxaydagi yer osti avtoturargohlaridan birida o‘z mashinasining portlashi tafsilotlarini aniqlash uchun Xitoyga o‘z mutaxassislarini jo‘natdi.

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida 21 aprelda avtoturargohda turgan mashinaning portlashi videosi joylashtirilgan. Videoda mashina tagidan oq tutun chiqayotgani va bir necha soniyadan keyin u portlab ketgani hamda yonida turgan mashinaga shikast yetkazganini ko‘rish mumkin. 

Video muallifining ta'kidlashicha, portlagan mashina birinchi avloddagi Tesla Model S bo‘lgan. 

“Shanxaydagi voqea haqida ma'lumot olganimizdan keyin voqea joyiga jamoamizni yubordik”, deyilgan kompaniyaning Weibo’dagi rasmiy   sahifasida.

Kompaniyaning xabar qilishicha, ayni vaqtda tegishli idoralar bilan aloqa o‘rnatilmoqda va voqea tafsilotlarini o‘rnatishda ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

“Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan”, deyilgan xabarda. 

Mavzuga oid