Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxona instituti xodim va kursantlari «Kitob aksiyasi» xayriya tadbirini o‘tkazdi
Bugungi globallashuv davrida iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar rivojlanish omillariga e'tibor qaratadigan bo‘lsak taraqqiyot negizida avvalo inson kapitali, inson intellekti, aqliy faoliyati yotganini anglaymiz. Shu bois, mamlakat taraqqiyotini ta'minlashda avvalo intellekti yuqori, innovatsion fikrlay oladigan, ma'rifatli yoshlarni tarbiyalash muhim omil sanaladi.

Xususan, Bojxona institutining xodim va kursantlari tashabbusi bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusning “Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish” yo‘nalishi mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan 22-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va Shayxontohur tumani “Yangiobod” mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan “Kitob aksiyasi” xayriya tadbiri tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Institutning faol kursantlari o‘zlari bolalik vaqtlarida sevib mutolaa qilgan bolalar adabiyotining durdona asarlaridan sovg‘alar ulashdilar.









Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026