O‘zbekistonda «To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari quyidagilar:
Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi;
agar tegishli majburiyat va (yoki) to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e'tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, qarzdorga esa – shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonaga to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e'tiboran olti oy davomida;
agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar eng kam ish haqi miqdorining kamida uch yuz barobarini tashkil etadigan bo‘lsa, qarzdor shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonaga eng kam ish haqi miqdorining kamida besh ming barobarini tashkil etadigan bo‘lsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsga nisbatan esa eng kam ish haqi miqdorining kamida yigirma barobarini tashkil etadigan bo‘lsa.
Mazkur moddaning birinchi qismidagi qoidalar to‘lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibotlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish belgilangan alomatlar mavjud bo‘lgan taqdirda iqtisodiy sud tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin, shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan taomillari bundan mustasno.
Pul majburiyatlarni bajarmaganligi natijasida qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atish uchun ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga qarzdor, kreditor va prokuror ega.
Majburiy to‘lovlar majburiyatlarni bajarmaganligi natijasida, shuningdek, ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo‘yicha qarzdorligi bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish uchun ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga qarzdor, prokuror, davlat soliq xizmati organi, to‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘yicha davlat organi va uning hududiy organlari ega.
Qarzdor, belgilangan alomatlar mavjud bo‘lsa, o‘zini to‘lovga qobiliyatsizlik haqida ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etishga haqli.
Qarzdor yuridik shaxs qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining qarori yoxud qarzdor mol-mulkining egasi tomonidan vakil qilingan organning qarori asosida to‘lovga qobiliyatsizlik haqida ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ariza bilan, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, iqtisodiy sudga murojaat etadi.
Qarzdorning arizasi bilan quyidagi hollarda qarzdorning rahbari, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs iqtisodiy sudga murojaat etishi shart:
bir yoki bir nechta kreditorlarning talablarini qondirish qarzdorning boshqa kreditorlar oldidagi pul majburiyatlarini va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘liq hajmda bajarishini imkonsiz qilib qo‘yishga olib keladigan bo‘lsa;
qarzdorning ta'sis hujjatlariga muvofiq qarzdorni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishga vakolatli bo‘lgan qarzdor yuridik shaxs organi tomonidan qarzdorning arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqida qaror qabul qilingan bo‘lsa;
qarzdor unitar korxona mol-mulkining egasi vakolat bergan organ tomonidan qarzdorning arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa;
undiruv qarzdorning mol-mulkiga qaratilganda bunday undiruv qarzdorning xo‘jalik faoliyatini imkonsiz qilib qo‘yadi deb hisoblashga asoslar bo‘lsa;
Tugatish komissiyasi (tugatuvchi), agar yuridik shaxs tugatilayotganda kreditorlarning talablarini to‘liq hajmda qondirish imkonsizligi aniqlangan bo‘lsa, qarzdorning arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat etishi shart.
Qarzdorning, tugatish komissiyasining yoki tugatuvchining arizasi ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelgan paytdan e'tiboran bir oydan kechiktirmay iqtisodiy sudga yuborilishi kerak.
Qarzdor rahbari, tugatish komissiyasi a'zolari yoki tugatuvchi tomonidan iqtisodiy sudga qarzdorning arizasi taqdim etilmaganligi nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin yuzaga kelgan qarzdorning kreditorlar oldidagi pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdor rahbarining, tugatish komissiyasi a'zolarining yoki tugatuvchining subsidiar javobgarligiga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:30 / 24.09.2024
O‘zbekistonda aliment to‘lovlari oshadi
18:23 / 26.08.2024
Qiynoq oqibatidagi o‘lim holatlari uchun javobgarlik kuchaytiriladi
09:05 / 18.07.2024
Re:Russia loyihasi: yil davomida YaIM 1,5 foizi harbiylarga to‘lov uchun sarflangan
11:49 / 20.06.2024