Özbekistonda mahalliy kengaşlarga deputatlar orasidan saylanadigan rais boşçilik qiladi. Oliy Majlis Qonunçilik palatasining bir guruh deputatlari taşabbusi bilan mahalliy davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari takomillaştirilgani munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutuvçi qonun loyihasi işlab çiqilgan.    

Ma’lum qilinişiça, qonun loyihasida quyidagilar közda tutilmoqda:

– mahalliy kengaşlar faoliyatiga deputatlar orasidan saylanadigan rais boşçilik qilişi;

– Xalq deputatlari kengaşi raisi öz vazifalarini bajariş davrida doimiy va boşqa komissiyalar, partiya guruhlari tarkibiga kirişi mumkin emasligi;

– kengaşlar yiğilişlarida hokim nomzodi körib çiqilayotganida nomzod mahalliy kengaş deputatlariga hududni rivojlantiriş dasturini taqdim etişi şartligi. 

Qonun loyihasida konstitutsiyada kafolatlangan normalar bilan bir qatorda “Kengaş sörovi”, “Kengaş tekşiruvi” kabi yangi institutlar kiritilyapti. Şu bilan birga qonun loyihasida xalq deputatlari kengaşida qanday komissiyalar tuzilişi böyiça normalar aniq belgilanmoqda.

Qayd etilişiça, qonun loyihasi ustida Qonunçilik palatasining Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud-huquq masalalari qömitasi tomonidan olimlar, mutaxassislar, ekspertlar, jamoatçilik vakillari jalb etilgan holda iş olib borilmoqda.