Jahon | 20:22 / 26.04.2019
6060
1 daqiqa o‘qiladi

Myanma prezidenti 7 ming mahbusni afv etdi

Myanma prezidenti Vin Min butun mamlakat bo‘ylab jazo o‘tayotgan 7 ming mahbus afv etilishini e'lon qildi. 

Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, afv etilganlardan aksariyati giyohvand moddalar aylanmasi bilan bog‘langan va ulardan hammasi ham darhol ozod etilmaydi. 

Bu amnistiya joriy oydagi ikkinchisi bo‘lib, yana 3-amnistiya e'lon qilinishi kutilmoqda. Uning davomida nomi aytilmagan qurollangan guruh a'zolari va siyosiy ishlar bo‘yicha qamalganlar ozod etiladi. 

17 aprelda mamlakatda 9 ming mahbus afv etilishi e'lon qilingan, biroq ta'kidlanishicha, amalda ulardan faqat 2 nafarigina ozod etilgan.

Mavzuga oid