Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela Amerika davlatlari tashkilotini rasman tark etdi
Venesuela tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreasa 27 aprelda mamlakati ushbu kundan boshlab Amerika davlatlari tashkilotining (ADT) bir qismi hisoblanmasligini ma'lum qildi.
ADTni tark etish qarorini prezident Nikolas Maduro 2017 yil apreldayoq ma'lum qilgandi. Maduro o‘shanda ADTdan darhol chiqishni talab qilgan, vaholanki bu jarayon 2 yil vaqt oladi va joriy yilning 27 aprelida yakunlanishi kerak edi. Maduro ushbu sanani bayram sanasi deb e'lon qildi. ADT Maduroning joriy yil 10 yanvarda boshlangan yangi prezidentlik vakolatlarini tan olmagandi.
“Bugungi kundan Venesuela Bolivar respublikasi ADTga tegishli emas, biz barcha muddatlarni va Venesuela xalqi istagini bajardik”, deb aytgan Arreasa hukumat tarafdorlari namoyishida.
Arreasa AQSh tomonidan yaqinda kiritilgan sanksiyalarga izoh berib, “Ular bizga qarshi sanksiyalar kiritib bizni qo‘rqitmoqchi bo‘lmoqdalar, aslida esa ular bu siyosiy kurashda qarshilik ko‘rsatish uchun bizga yanada ko‘proq kuch bermoqdalar”, deb aytgan.
AQShning Venesuelaga qarshi sanksiyalari 2015 yil martdan amal qiladi va Vashington oxirgi vaqtda Lotin Amerikasi davlatiga qarshi bir qator sanksiyalarni qat'iylashtirdi.
Mavzuga oid
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026
AQSh Venesuela hukumatiga Maduroning himoyasi uchun haq to‘lashga ruxsat berdi
21:07 / 30.03.2026