19:04 / 30.04.2019
4828

O‘zbekistonda vakolatli iqtisodiy operator instituti joriy etildi

Hukumatning “Vakolatli iqtisodiy operator institutini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona ma'muriyatchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 24 noyabrdagi PF-5582-son farmoniga asosan 2019 yil 1 fevraldan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan talablarga javob beradigan, tashqi iqtisodiy faoliyatning halol ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini taqdim etishni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga muvofiq vakolatli iqtisodiy operatorlar instituti joriy etilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi:

2019 yil 1 iyungacha vakolatli iqtisodiy operatorlar institutini jadal rivojlantirish maqsadida Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish mezonlariga mos keladigan yuridik shaxslarni tajriba sifatida tanlab oladi;

tajriba doirasida tanlab olingan yuridik shaxslarni ularning roziligi bilan Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritishni va bojxona operatsiyalarini amalga oshirishda soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqi bo‘yicha tushuntirishlar berilishini ta'minlaydi;

2019 yil 1 dekabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda maxsus soddalashtirishlar ro‘yxatini, shuningdek, Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish uchun tanlash mezonlarini yanada takomillashtirish yoki kengaytirish bo‘yicha takliflar kiritadi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining axborot tizimlari hamda ma'lumotlar bazalarini integratsiyalashtirish va mavjud ma'lumotlardan noqonuniy foydalanish imkonini bermaydigan himoyalangan aloqa kanallarini ta'minlash orqali davlat bojxona xizmati, ichki ishlar, prokuratura va soliq organlari o‘rtasida aniqlangan va fosh qilingan jinoyatlar yoki boshqa tergov natijalari, jinoyatlarni sodir etgan shaxslar, shuningdek, soliqlar bo‘yicha qarzdorlik bo‘yicha axborot almashishning elektron shaklini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Vakolatli iqtisodiy operatorlar to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, operator va maxsus soddalashtirishlar quyidagi toifalarga kiradi:

“A” toifasi;

“B” toifasi.

Operator Reyestrga kiritilgan vaqtdan boshlab, xavf darajasi past bo‘lgan toifaga kiradi.

Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari operatorlar bo‘la olmaydi.

Mavzuga oid
Top