Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergey Lavrov O‘zbekistonga nima maqsadda kelayotgani ma'lum bo‘ldi
2019 yilning 2 may kuni Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi.
Qayd etilishicha, Rossiya TIV rahbari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi.
Tashrif dasturiga ko‘ra O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi va siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ilgari erishilgan O‘zbekiston-Rossiya kelishuvlarini amalga oshirish jarayoni muhokama qilinishi kutilmoqda.
Tomonlar xalqaro muammolar, mintaqada xavfsizlikni ta'minlash masalalari, jumladan Afg‘onistonda tinchlik jarayonlarini boshlashga ko‘maklashish yuzasidan fikr almashadilar.
3 may kuni Sergey Lavrov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasida mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv Memorandumi ishtirokchi davlatlarining 11-uchrashuvida qatnashadi.
Bundan oldin, Sergey Lavrov O‘zbekistonga kelishi, uni Shavkat Mirziyoyev qabul qilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:40
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026