Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ochilboy Ramatovga parlament so‘rovi yuborildi
Foto: KUN.UZ
2019 yil 4 may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisi ishi davom ettirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, senatorlar Suv obektlariga oqindi suvlarni oqizish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – transport vaziri Ochilboy Ramatovga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdilar.
Ta'kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tomonidan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning suv obektlariga oqindi suvlarni oqizishga yo‘l qo‘yish shartlariga rioya qilish qismi ijrosi o‘rganilgan.
Natijada zudlik bilan hal qilish talab qilinadigan qator muammolar aniqlangan. Shu bois tegishli so‘rov yuborish zarurati paydo bo‘ldi. Masala senatorlar tomonidan ma'qullandi.
Senatorlar Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish va uni o‘tashga oid qonun hujjatlari ijrosi holati va bu sohadagi huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziriga yuborilgan parlament so‘rovi natijalarini ko‘rib chiqdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2018 yil 14 dekabrdagi qaroriga muvofiq mazkur parlament so‘rovi O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziriga yuborilgan edi.
Parlament so‘roviga 2019 yil 20 martda berilgan batafsil javobda mavjud muammo va kamchiliklarni, xususan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish va uni o‘tishning amaldagi tizimidagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilgani ta'kidlandi. Xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda harbiy xizmatdan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomning yangi loyihasi, shuningdek kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish tartibini takomillashtirish, mavjud sansalorlikni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Mavzuga oid
18:24 / 08.04.2026
Senat yalpi majlisida shaharsozlik, yo‘l infratuzilmasi va riyeltorlikka oid muhim qonunlar ma’qullandi
22:27 / 07.04.2026
Davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilanadi
21:18 / 07.04.2026
Avtomobil yo‘llarida sun’iy to‘siq va notekislik yaratish taqiqlanishi mumkin
18:28 / 07.04.2026