Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport oyoq kiyimi ichiga yashirilgan naqd xorijiy valuta fosh etildi
Bojxonachilar xorijiy valutalarning yurtimizdan noqonuniy yo‘llar bilan olib chiqilishiga qarshi samarali choralar ko‘rishmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati bojxona “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali harakatlangan fuqaro A.U belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, uning qo‘l sumkasi va sport oyoq kiyimi ichida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan hamda og‘zaki so‘rovda taqdim etilmagan, umumiy qiymati 71 million so‘mlik xorijiy valutalar yashirilganligi va uni O‘zbekistondan qo‘shni davlatga yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
19:51 / 27.05.2026