Light | 23:28 / 07.05.2019
36437
3 daqiqa o‘qiladi

Tarixda eng ko‘p sotilgan avtomobillar ma'lum qilindi 

Britaniyaning Autocar nashri barcha zamonlar va xalqlarning eng ko‘p sotilgan avtomobillari ro‘yxatini taqdim qildi. 

Buning uchun jurnalistlar turli brendlarning 60dan ko‘proq modelining savdosi statistikasini tahlil qilib chiqishgan. Natijada reytingning eng yuqori pog‘onasini Toyota Corolla oilasi egallagan. Toyota kompaniyasi bu modeldagi mashinalardan 1966 yildan hozirgi kungacha 45,5 mln dona sotgan.

Foto: Getty Images/ Robert Hradil

2-o‘rinni Ford F-Series modeli egallagan. 60 yildan ko‘proq vaqtdan beri ishlab chiqariluvchi ushbu pikap bugungi kunda ham Ford kompaniyasining eng muvaffaqiyatli avtomobillaridan biri bo‘lib qolmoqda. 1948 yildan sotila boshlangan ushbu mashinadan butun dunyo bo‘ylab 27,5 mln donadan ko‘proq sotilgan.

Foto: Getty Images/ Scott Olson

Reytingning “bronza”si afsonaviy Volkswagen Golf’ga tegishli bo‘lib, 1974 yildan hozirgi kungacha ushbu modeldan 34,8 mln dona sotilgan.

Foto: Getty Images/ Adam Berry

4-o‘rinni Opel/Vauxhall Corsa xetchbegi egallagan. Ushbu mashinadan 1982 yildan beri 18,3 mln dona sotilgan.

Foto: Getty Images/ Carl Court

5-o‘rinni VAZ-2105 egallagan. Ushbu model turli davlatlarda Lada Riva va Lada Nova nomlari bilan sotilgan. Ushbu mashinadan 1980 yildan 2015 yilgacha 18 mln dona sotilgan. 

Foto: Charles01/ wikipedia.org

Reytingning 6-o‘rnini Honda Civic egallagan, undan 1972 yildan to hozirgi kungacha 17,3 mln dona sotilgan.

Foto: AFP/ Adrian DENNIS

7-o‘rinni Renault Clio (1991 yildan boshlab hozirgi kungacha 14,6 mln dona), 8-o‘rinni  Hundai Elantra (1990 yildan boshlab 13,4 mln dona), 9-o‘rinni BMW 3 Series (1975 yildan hozirgi kungacha 13,3 mln dona) va nihoyat 10-o‘rinni Oldsmobile Cutlass (1961 yildan 1999 yilgacha 11,9 mln dona) egallagan.

Foto: AFP/ ERIC PIERMONT
Foto: GETTY IMAGES NORTH AMERICA
Foto: EPA/IAN LANGSDON
Foto: EPA/GENERAL MOTORS B/W

Mavzuga oid