Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Onlayn auksion orqali 2,8 mlrd so‘mlik avtomobil raqamlari sotildi
Foto: KUN.UZ
2019 yilning 29 apreldan 5 maygacha “O‘zRTXB” AJda 705,7 mlrd. so‘mlik bitimlar tuzildi, ya'ni avvalgi haftaga nisbatan 32,5%ga pasaygan.
Birja savdolarining hajmi 945,3 mlrd so‘mdan 607,7 mlrd so‘mga kamaydi. Valuta savdo maydonchasi orqali 5,3 mln AQSh dollarga teng tovarlar sotilib, sotuv hajmi 2,3 barobarga o‘sdi. Eksport tarkibida polietilenning turli markalari 91% va gazolin 6%ni egalladi.
Ko‘rgazma-yarmarka savdolar haftalik hajmi 24,1 mlrd so‘mni tashkil qildi. Kichik biznes sub'yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 2,8 mlrd so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 11,8%ni egalladi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 716 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,8 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 17,5% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 46,5% ikkinchi va 36% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Mavzuga oid
14:27 / 23.12.2025
«Samarador» MChJ Transport vazirligi binosini sotib oldi
07:58 / 18.12.2025
450 mln dollarlik rekord: auksionlardagi eng qimmat 20 ta san’at asari
18:39 / 05.12.2025
Kimoshdi savdosida eng qimmat narxda sotilgan avtomobil ma’lum bo‘ldi
14:56 / 29.10.2025