Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Bog‘iston ko‘chasidagi yangi uylarni borib ko‘rdi
Toshkent shahrining Chilonzor tumani Bog‘iston ko‘chasidagi uylar rejalashtirilgan loyihalar izchil amalga oshirilayotganiga yana bir misol. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 21 dekabr kuni bu yerga kelib, qurilish maketlari bilan tanishgan, zarur ko‘rsatmalar bergan edi. Oradan besh oy o‘tib, bu yerda ulkan va zamonaviy mavze paydo bo‘ldi, deya xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

9 qavatli 24 ta uy bunyod etilishi loyihalashtirilgan. Hozirda 10 ta uyda qurilish yakunlanib, ichki va tashqi pardozlash ishlari olib borilmoqda.
Davlat rahbariga uylarning qurilish texnologiyasi, sifati haqida ma'lumot berildi.
Uylar innovatsion usullar asosida qurilgan bo‘lib, devorlari qo‘shimcha materiallar bilan qoplangan. Bu issiqlikni saqlash, energiyani tejash imkonini beradi. Isitish va sovitish tizimi har bir xonadonda mustaqil boshqariladi.
Prezident bu uylarning sifati, energiyani tejashi xalqimizga ma'qulligi, shu tajriba asosida mamlakatning boshqa hududlarida ham turar joylarni ko‘paytirish zarurligini ta'kidladi.




Mavzuga oid
23:15 / 24.08.2025
Mirziyoyev Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
20:50 / 10.07.2025
Prezident Chilonzor tumanidagi loyihalar bilan tanishdi
16:47 / 02.07.2025
Toshkentdagi bog‘chada besh yoshli bola 2-qavatdan tushib ketdi
13:01 / 27.06.2025