Toşkent şahri Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi Çilonzor tumanidagi boğçada 5 yoşli bola 2-qavatdan tuşib ketgani aytilgan xabar yuzasidan izoh berdi.
Qayd etilişiça, holat 30 iyun kuni soat 9:45 atrofida 7-sonli davlat maktabgaça ta’lim taşkilotida röy bergan. Tarbiyalanuvçi R.I. nazoratsizlik oqibatida ikkinçi qavat derazasidan yiqilib tuşgan.
Bundan xabar topgan taşkilot hamşirasi tarbiyalanuvçiga birinçi tez tibbiy yordam körsatgan, söngra bola 16-sonli şahar şifoxonasi bolalar bölimiga olib borilgan.
Şifokorlarning birlamçi taşxisiga köra, tarbiyalanuvçiga ikki qöl bilak sohasi sinişi, burun suyak sohasi sinişi, yuqori jağ kurak tişlarining aliyonlari osiğining sinişi taşxisi qöyilgan. Bolaning ahvoli oğir bölgani sababli jonlaştiriş bölimiga joylaştirilgan.
Boşqarmaga köra, uning ahvoli yaxşilanganidan söng jonlantiriş bölimidan çiqarilgan.
Ayni paytda holat böyiça Çilonzor tuman IIO FMB xodimlari tomonidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.

















