Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Venesuela bilan aviaaloqani to‘xtatdi
Foto: Reuters
AQSh ma'muriyati Venesuelada xavfsizlikka tahdid mavjudligi sababli ushbu davlat bilan aviaaloqani vaqtinchalik to‘xtatdi. Bu haqda AQSh transport vaziri Eleyn Chao bayonotida aytilgan.
“Ichki xavfsizlik vazirligi Venesuelaga keluvchi va u yerdan ketuvchi yo‘lovchilar, samolyotlar va ekipaj a'zolariga xavf borligi haqidagi xulosaga keldi, bu holat AQSh va Venesuela o‘rtasida fuqarolik aviatsiyasining barcha reyslarini zudlik bilan to‘xtatishni talab qiladi”, deb aytilgan Chao bayonotida.
“Men davlat va xususiy samolyotlar tomonidan Venesuela aeroportlariga yoki ulardan aviatashuvlar bajarishga barcha ruxsatlarning amal qilishini to‘xtatmoqdaman”, deb ta'kidlab o‘tgan Chao.
1 may kuni AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi AQSh aviakompaniyalariga Venesuela hududini 48 soat ichida tark etishni tavsiya qilgan. Bundan avvalroq boshqarma AQSh samolyotlariga Venesuela ustidan 8 kmdan pastroq balandlikda uchishni taqiqlagan.
Mavzuga oid
20:24 / 12.01.2026
Eron hukumati namoyishlarni to‘liq nazoratga olganini ma’lum qildi
15:21 / 12.01.2026
15 mingdan ortiq o‘zbekistonlik AQShga bordi - safarlar maqsadi bo‘yicha taqsimot
14:09 / 12.01.2026
Tramp o‘zi Venesuela prezidenti sifatida ko‘rsatilgan fotoni e’lon qildi
13:30 / 12.01.2026