AQŞ prezidenti Donald Tramp Milliy razvedka direktori lavozimidan ketgan Tulsi Gabbard örniga vaqtinça rahbar sifatida 38 yoşli tadbirkor Bill Pulteni tayinladi.
Trampning ta’kidlaşiça, Pulte moliyaviy bozorlar barqarorligini ta’minlaş va Fannie Mae hamda Freddie Mac ipoteka agentliklarida trillionlab dollarlik aktivlarni boşqariş böyiça katta tajribaga ega.
Şu bilan birga, Bill Pulte maxsus xizmatlar yoki razvedka sohasida işlagan emas. U AQŞning 18 ta razvedka idorasi faoliyatini doimiy rahbar tayinlangunga qadar muvofiqlaştirib boradi.
Pulte hozirgi lavozimlarini ham saqlab qoladi. Tramp Oq uyga qaytgaç, u Federal uy-joy moliyalaştiriş agentligi (FHFA) rahbari etib tayinlangan edi. Şuningdek, u davlat ipoteka taşkilotlari — Fannie Mae va Freddie Macʼga ham rahbarlik qilib kelmoqda.
Ayrim Amerika ommaviy axborot vositalari Pulteni Trampning «hujumkor himoyaçisi» deb atamoqda. U bir neça bor Trampning siyosiy raqiblarini ommaviy tanqid qilib çiqqan.
Avvalroq Milliy razvedka direktori lavozimida işlagan Tulsi Gabbard 22 may kuni iste’fo beriş haqida ariza yozgan. U qarorini turmuş örtoğining soğliği bilan boğliq sabablar bilan izohlagan.
Biroq Amerika va Britaniya naşrlari ma’lumotlariga köra, Gabbardning AQŞ ma’muriyatining Yaqin Şarq siyosati, xususan Eron masalasidagi qaraşlari Oq uy pozitsiyasi bilan töliq mos kelmagan.












