Fan-texnika | 00:43 / 17.05.2019
16874
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Huawei kompaniyasini qora ro‘yxatga kiritdi

Foto: Izvestiya

AQSh savdo vazirligi Xitoyning Huawei kompaniyasini “AQSh milliy xavfsizligiga qarshi faoliyati” uchun qora ro‘yxatga kiritdi.  

Huawei bilan birga qora ro‘yxatga u bilan bog‘liq yana 70 ta kompaniya kiritiladi. Huawei’ning biror qurilmasini sotadigan AQSh kompaniyalariga maxsus ruxsatnoma talab etiladi.  

“Bu qadam xorijliklarga tegishli kompaniyalarga AQSh milliy xavfsizligiga putur yetkazish uchun AQSh texnologiyalarini qo‘llashga xalaqit qiladi”, deb aytgan AQSh savdo vaziri Uilbur Rossi.

AQSh Xitoy kompaniyasini Eronga taqiqlangan moliyaviy xizmatlarni taqdim qilish va bu qoidabuzarliklarni tergov qilish vaqtida odil sudlovni amalga oshirishga qarshilik ko‘rsatishda ayblagan.

Huawei AQSh savdo vazirligi tomonidan taqiqlangan jismoniy va yuridik shaxslar Ro‘yxatiga qo‘shilishiga oid OAVlariga murojaatnoma bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, Huawei AQSh Savdo vazirligining Ishlab chiqarish va xavfsizlik Byurosi qabul qilgan qaroridan rozi emas.

“Bu qaror hech kimning qiziqishlariga javob bermaydi, undan hech kim yutmaydi, ammo Huawei hamkorlik qiladigan Amerika kompaniyalariga yetarli miqdorda iqtisodiy zarar yetkaziladi. O‘n minglab amerikalik fuqarolarga ta'sir qiladigan salbiy oqibatlarni ham, shuningdek, mavjud global yetkazib berish zanjiridagi hamkorlik va o‘zaro ishonch ham yo‘qolishini unutmaslik lozim.

Huawei kompaniyasi bu masalaning yechimini topish uchun huquqiy himoya vositalarini operativ jalb etish borasida barcha imkoniyatlarini ishga soladi. Kompaniya yuzaga kelgan vaziyat oqibatlarini maksimal darajada yumshatish uchun qo‘lidan kelgan barcha harakatlarni bajaradi”, - deyiladi murojaatda.

Mavzuga oid