Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ugandada qayiq to‘ntarilishidan keyin 30 dan ko‘proq odam bedarak yo‘qoldi
Uganda g‘arbidagi Albert ko‘lida qayiqning to‘ntarilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ko‘proq odam bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Daily Monitor mahalliy nashri guvohlarga tayanib ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, motorli qayiqda mahalliy futbol jamoasi o‘yinchilari va muxlislar bo‘lgan. Guvohlardan birining ta'kidlashicha, qayiqda 50 dan ko‘proq odam bo‘lgan. “Qayiq jo‘nagan joyidan taxminan 300 metrlar uzoqlikda cho‘kib ketgan”, deb aytgan yoshlar tashkiloti raisi Sadi Nyanjireki.
Uning ta'kidlashicha, fojiaga qayiqning haddan ortiq yuklanishi hamda to‘lqinlarni hosil qilgan kuchli shamol sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Mahalliy aholi 20 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lgan. Nashrning omon qolgan bir ayolga tayanib xabar berishicha, qayiqda darcha bo‘lgan va u orqali qayiqqa suv kirgan.
NTVUganda mahalliy telekanalining politsiyaga tayanib xabar berishicha, kamida 16 kishi bedarak yo‘qolgan, 32 ga yaqin yo‘lovchi qirg‘oqqacha suzib bora olgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
22:58 / 12.04.2026
Uganda armiyasi rahbari Turkiyadan bir milliard dollar va “eng go‘zal ayol”ni berishini talab qildi
20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi
20:58 / 14.03.2025
Britaniya sudi BMT sudyasini qullik mehnatidan foydalanishda aybdor deb topdi
11:04 / 04.12.2024