Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oyoq kiyimiga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh etildi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Bojxona xodimlari zargarlik buyumlarini yurtimizga noqonuniy olib kirilishiga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, qo‘shni davlatdan piyoda xolda kirib kelgan fuqaro X.M. xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, uning oyoq kiyimlarining tagligiga yashirib tikilgan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan, qiymati 5,9 million so‘mlik, 168 gramm zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Aynan shu post xodimlari tomonidan yana bir shunga o‘xshash holat aniqlandi. Qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro T.M.ning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, unga tegishli jomadonning ichki qismida jami og‘irligi 195 gramm bo‘lgan 11 dona bilaguzuk zargarlik buyumlari borligi ma'lum bo‘ldi.
Shundan so‘ng, ushbu fuqaro shaxsiy ko‘rikdan ham o‘tkazildi. Natijada uning kiyim cho‘ntagida ham 101 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumlari borligi ma'lum bo‘ldi. Fuqaro T.M.dan jami 19 million so‘mlik, 296 gramm zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
19:37
Farg‘onada nohaq ayblanib qamalgan bojxona inspektori 15 yildan so‘ng oqlandi
11:13 / 26.01.2026
Prezident bojxona xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi
20:07 / 25.01.2026
Andijonda qariyb 19 ming dollarni nonlar orasiga yashirib olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
09:59 / 23.01.2026