Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
QQSni qaytarish 7 ish kunigacha qisqartirildi
Foto: Shutterstock
Soliq to‘lovchilarga nol darajali stavkani qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasini soliq to‘lovchining bankdagi hisobvarag‘iga qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasi ariza olingan vaqtdan 7 ish kunida qaytariladi. Ilgari bu muddat 15 ish kunini tashkil etgan.
Arizaga endilikda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha yuridik shaxs qarzlarining solishtiruv dalolatnomasi, soliq hisoboti bo‘yicha QQS hisob-kitobi va ilgari QQSning ortiqcha summasi qaytarilganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ilova qilish talab etilmaydi.
Arizaga endilikda tovarlarni eksport qilinganligi va valuta tushganligi to‘g‘risida ma'lumot ilova qilinadi.
Mavzuga oid
10:51 / 25.08.2025
Aylanmadan olinadigan soliqdan ilk marta QQS to‘loviga o‘tgan tadbirkorlar rag‘batlantiriladi
16:11 / 20.08.2025
Soliqchilar aniqlagan xato-kamchiliklar bo‘yicha “amnistiya” e’lon qilindi
15:52 / 29.07.2025
Soliqchilar QQSni qaytarishda sovitkichdan olingan suvni ham puflab ichyapti - Qudbiyev
16:08 / 24.05.2025