Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maishiy texnika vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi
Bojxona organlari tomonidan maishiy texnika vositalarini noqonuniy aylanmasiga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.
Xususan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari bilan hamkorlikda Qo‘shtepa tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda, “Farg‘ona-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro A.T boshqaruvidagi “KIA BONGO III” rusumli yuk avtomashinasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtomashina yukxonasida muqaddam qo‘shni mamlakatdan respublikamizga noqonuniy olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 146 million so‘mlik
69 dona turli o‘lchamdagi televizorlar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026