Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda «yonadigan» piyodalar o‘tish joyi sinovdan o‘tkazilmoqda
Navoiy viloyati IIB YHXB tashabbusi bilan Yevropa mamlakatlari tajribalariga tayangan holda «Piyodalar xavfsiz o‘tish joyi» loyihasining Navoiy shahrining G‘alaba shohko‘chasi hamda Amir Temur va Alisher Navoiy ko‘chalarining piyodalar qatnov gavjum qismida qurilib, ishga tushirilganligi, mazkur hududlarda piyodalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining oldi olinishiga xizmat qilmoqda.

Viloyat IIB YHXBning Kun.uz’ga ma'lumot berishicha, mazkur piyodalar o‘tish yo‘lining afzallik tomonlaridan biri — avtomashina haydovchisi harakatlanayotganda piyodalar yo‘lakchasiga 50 metr qolganda dastlab g‘ildiraklarga uriluvchi vibroshovqinli tasma haydovchini ogohlantiradi, bu holat piyodalar yo‘lakchasiga 30 metr qolganda yana takrorlanadi.

Bundan tashqari yo‘lning chetida o‘rnatilgan ogohlantiruvchi tablo, hamda piyodalar yo‘lagidagi zebra chizig‘ining maxsus plafonli chiroqlar bilan jihozlangani, piyodalar o‘tish joyida fuqarolar paydo bo‘lishi bilan maxsus sensorli qurilma orqali yonishi haydovchilarni yanada hushyor bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

Ayni paytda Navoiy viloyatida shu kabi jami to‘rtta «piyodalar xavfsiz o‘tish joyi» o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026