Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jo‘natmadagi psixotrop dori vositalari manziliga yetib bormadi
Amaldagi tartiblarga ko‘ra, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni xalqaro pochta jo‘natmalari orqali jo‘natish taqiqlangan. Ammo, shunga qaramay, pochta jo‘natmalari orqali tarkibida psixotrop va narkotik moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini jo‘natish holatlari tez-tez uchramoqda.
Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro T.M. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan salkam 180 dona “Bondormin”, "Xanax XR 0,5 mg", "Nocturno forte 7,5" nomli tarkibida psixotrop moddalar mavjud dori vositasi hamda 30 dona tarkibida giyohvand moddasi mavjud bo‘lgan "Tramadex" nomli dori vositalari borligi fosh etildi.
Shuningdek, fuqarolar K.O va K.A. nomiga yuborilgan pochta jo‘natmalarida ham salkam 300 dona tarkibida "Zopiklon" psixotrop moddasi mavjud bo‘lgan "Zopiklon Pilum 5" va "Imovan" nomli dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026