Jamiyat | 09:00 / 30.05.2019
38292
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Qurilish sohasidagi yirik loyiha O‘zbekistonda!

2019 yil mobaynida Ohangaron shahrida, Angren erkin iqtisodiy zonasida Germaniyaning «WEHRHAHN» firmasi bilan hamkorlikda yangi zavod ishga tushiriladi. Avtoklav yordamida qotiriluvchi gazobeton bloklar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bu innovatsion zavod noyob ish uslubi va tizimiga ega bo‘lib, yiliga uning 500.000 m³ mahsulot ishlab chiqarish quvvati mavjud.

2018 yilning 29-30 avgust kunlarida Jizzax shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro iqtisodiy anjuman davomida xorijiy investorlar bilan umumiy qiymati 130 mln. yevrolik memorandumlar imzolangandi. Kelishuvga ko‘ra «EAST MINING INVEST» MChJ va sohaning dunyo bo‘yicha yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lgan «WEHRHAHN» (Germaniya) firmasi o‘rtasida avtoklav yordamida qotiriluvchi gazobeton bloklar ishlab chiqaruvchi, yillik umumiy quvvatlari 2.050.000 m³ bo‘lgan beshta zavod qurish rejalashtirilgan.

Mazkur memorandumga asosan 2019 yilning 14 yanvarida Berlin shahrida, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti rasmiy tashrifi oldidan bo‘lib o‘tgan biznes forumda «WEHRHAHN» (Germaniya) va «EAST MINING INVEST» (O‘zbek-Turk QK) kompaniyalari o‘rtasida birinchi zavodni Ohangaron shahrida ishga tushirish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

Bu loyiha Prezidentning №4067 va PP-4335 raqamli «Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori va Respublika iqlim sharoitini hisobga olgan holda samarali hamda energiya saqlovchi qurilish materillari ishlab chiqarish, ularni qo‘llash orqali yangi qurilishlarda energiya va issiqlikni saqlashga erishishga qaratilgan.

«EAST MINING INVEST» o‘zbek kompaniyasi xorijiy investorlar bilan birgalikda zamonaviy yuqori texnologik zavodlarni qurish bilan birgalikda xomashyoni chuqur qayta ishlab avtoklav gazobeton ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda.

Avtoklav yordamida qotiriluvchi gazobeton blok – bu sun'iy tosh bo‘lib, har tomoniga teng taqsimlangan havo bo‘shliqlariga ega. Bu juda tejamkor qurilish materiali hisoblanadi. Gazobeton blok ishlab chiqarishning nemischa uslubida tabiiy gaz yoki elektroenergiya sarfi ancha ozligi yaqqol bilinadi.

Bu mahsulot qator afzalliklarga ega: yengilligi tufayli poydevorga va metallokonstruksiyaga og‘ir yuklama bo‘lmaydi, transport xarajatlari g‘isht, beton kabi an'anaviy materiallarga qaraganda 3 martagacha kamayadi. Bundan tashqari bu mahsulot deyarli eskirmaydi, chirish va yonishga chidamli, ovoz o‘tkazmaslik xususiyati g‘ovak tarkibi tufayli beton yoki g‘ishtga nisbatan 5-8 barobar yuqori. Shuningdek gazobeton bloklar ekologik toza va bezarar mahsulotlar bo‘lib, tarkibi kvars qumlari, ohak, sement va gips kabi xomashyolardan iborat.

2019 yilning 27 mayida Navoiy shahrida «EAST MINING INVEST» kompaniyasi va Navoiy EIZ rahbariyati o‘rtasida 2020 yilga qadar xuddi shunday zavod qurish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu zavod ishga tushganidan so‘ng o‘z mahsulotlarini Samarqand, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlariga taqdim qiladi.

2021 yilda esa Farg‘ona viloyatida yillik quvvati 350.000 m³ mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega zavod ishga tushirilishi va mahsulotlarini vodiy bo‘ylab taklif qilishi rejalashtirilgan.

2022 yilga kelib yana bir zavod Termiz shahrida ishga tushiriladi va u ham 350.000 m³ yillik quvvatga ega bo‘ladi. Bu zavod mahsulotlari Surxondaryo viloyati bozorini to‘ldirish bilan birga Afg‘onistonga ham eksport qilinadi.

2022 yilda bu loyihalarning oxirgisi va yirigi Toshkent shahrida qurib bitkaziladi va u 500.000 m³ gazobeton bloklar ishlab chiqaradi hamda poytaxtda o‘z mahsulotlarini taqdim etadi.

Reklama huquqi asosida