Avtobus muzlatgichiga yashirilgan mahsulotlar fosh etildi
Bojxona xodimlari tamaki mahsulotlarini bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishiga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Nadjimov” chegara bojxona posti xodimlari mamlakatimizga kirib kelgan fuqaro K.X.ning qo‘l yuklarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazdi. Natijada, ushbu shaxs xorijda ishlab chiqarilgan, qiymati 2 430 000 so‘mlik, 60 quti elektron tamaki mahsuloti, 70 quti sigaretlarni yashirib olib kelayotgani aniqlandi.
Shuningdek, “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari bilan hamkorlikda, qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro A.Z. boshqaruvidagi “VAN Hool” rusumli avtobus bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, avtobus salonidagi muzlatgichning ostki qismiga yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan, og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan 8 100 000 so‘mlik, 130 quti elektron sigaretlar hamda 24 dona mototsikl zanjirlari yashirib qo‘yilganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
19:30 / 31.01.2023
Imtiyoz, qulaylik va yo‘qolayotgan byurokratiya – bojxona tizimida nimalar o‘zgardi?
23:41 / 11.01.2023
Zargarlik buyumlarini O‘zbekistondan olib chiqish bo‘yicha yengillik berildi
07:32 / 07.01.2023
O‘zbekistonga olib kiriladigan tovarlar uchun bojxona to‘lovlarini aniqlash tartibi o‘zgaradi
08:28 / 28.12.2022