O‘zbekiston | 16:00 / 07.06.2019
42051
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zavtosanoat» premium tasnifidagi avtomobillar mijozlarga qachon yetkazib berilishini ma'lum qildi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida "O‘zbekistonda avtomobilsozlikni rivojlantirish strategiyasi" mavzusida brifing, soha mas'ullari ishtirokida intervyu va jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, unda avtomobilsozlik tarmog‘idagi yangiliklar haqida batafsil ma'lumot berilmoqda.

“O‘zavtosanoat” vakillarining qayd etishicha, O‘zbekistonda kelasi besh yilda arzon avtomobillarga talab yuqori bo‘ladi.

“Mamlakatda kelasi besh yilda arzon avtomobillarga talab yuqori bo‘ladi. Shu bois, kompaniya hozircha faqat shunday arzon yangi modellarni ishlab chiqishga e'tibor qaratadi.

Bundan tashqari, premium tasnifidagi avtomobillar shu yil oxiri - kelasi yil boshidan mijozlarga yetkazib beriladi (3ta yangi model - tah.). Ammo bu modellar juda kam miqdorda yirik uzelli yig‘ish shaklida ishlab chiqiladi”, - dedi “O‘zavtosanoat" strategik rejalashtirish direksiyasi boshlig‘i Rustam Qodirov.

Bundan oldin, O‘zbekiston avtobozorida trade-in amaliyoti joriy qilinishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid