“O‘zavtosanoat” rahbari prezidentga: Xitoyliklar bilan budjet modellar ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishdik
Xitoylik hamkorlar bilan O‘zbekistonda V, S va budjet segmentidagi avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi; ularning birinchi namunalari sinovdan o‘tkazish uchun laboratoriyalarga topshirildi, dedi BYD bilan hamkorlik borasida prezidentga hisobot bergan “O‘zavtosanoat” rahbari.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatidagi “BYD Uzbekistan Factory” zavodida amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalar haqida hisobot bilan tanishdi.
Mazkur korxona shu yil 27 iyun kuni davlatimiz rahbari ishtirokida ishga tushirilgan edi. U BYD yengil avtomobillarini ishlab chiqaruvchi Xitoydan tashqaridagi ilk zavod bo‘ldi.
“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ulug‘bek Ro‘ziqulov mazkur investitsiya loyihasining dastlabki natijalari va uni kengaytirishga qaratilgan rejalar to‘g‘risida axborot berdi.
Uning aytishicha, to‘liq ishlab chiqarish jaryonini ishga tushirish doirasida O‘zbekiston korxonalari tomonidan plastik qismlar, oynalar, bamperlar, disklar va boshqa ko‘plab komponentlar ishlab chiqarilishi bo‘yicha BYD sifat tizimiga mos kelishi uchun tahlil o‘tkazilgan.
“Aholining yengil avtotransport vositalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va ularning turlarini kengaytirish maqsadida xitoylik hamkorlar bilan V, S va budjet segmentidagi avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ularning birinchi namunalari xitoylik hamkorlar tomonidan zamonaviy standartlashtirish tizimi sinovlarini o‘tkazish uchun laboratoriyalarga topshirildi”, – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, Jizzaxdagi “BYD Uzbekistan Factory” kompaniyasiga malakali mutaxassislarni jalb qilish maqsadida Jizzax politexnika instituti va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bilan birga yuqori malakali mutaxassislarni o‘qitish bo‘yicha muhandislik o‘quv markazini tashkil qilish rejalashtirilgan.

Taqdimotda ishlab chiqarish hajmini belgilangan ko‘rsatkichlarga yetkazish hamda mahalliylashtirish jarayonini jadallashtirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbari “BYD Uzbekistan Factory” qo‘shma korxonasi quvvatlarida ishlab chiqarishni tezlashtirish, hamkorlikning keyingi bosqichlari bo‘yicha strategiya ishlab chiqish, kelgusida ishlab chiqarish quvvatini yillik 500 ming donaga yetkazish va eksport bozorlariga chiqish bo‘yicha aniq vazifalarni qo‘ydi.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning Isroilga javobi: Tel-Avivda vayrongarchiliklar, yaralanganlar bor
Jahon | 07:43
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
Mavzuga oid

23:49 / 10.06.2025
Islom To‘xtaxo‘jayev o‘ziga berilgan BYDʼni jamoadoshi Bobur Abduxoliqovga sovg‘a qildi

20:47 / 09.06.2025
BYD elektromobilni quvvatlash vaqtini 5 daqiqagacha qisqartirdi

20:35 / 28.05.2025
Braziliya hukumati BYD kompaniyasini odam savdosida ayblamoqda

16:09 / 15.05.2025