GM Uzbekistan yangi platformadagi uchta yangi modelni ishlab chiqarishni o‘zlashtiradi
17 may kuni Andijonga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga «O‘zavtosanoat» AK rahbari Shavkat Umurzoqov yaqin kelajakda GM Uzbekistan AJda yagona platforma asosida ishlab chiqariladigan yangi krossoverlarni tanishtirgan.
Ular Chevrolet Trailblazer, Chevrolet Equinox va Chevrolet Traverse avtomashinalaridir.
«O‘zbekiston24» telekanali xabariga ko‘ra, loyihani ishga tushirish qiymati 500 million dollarga baholanmoqda. GM Uzbekistan AJ uchta yangi modelni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hamda mahalliylashtirish darajasini 50 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda



Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida o‘tkazilgan yig‘ilishda GM Uzbekistan’ning Asakadagi avtomobil zavodini tanqid ostiga olgandi.
«Bitta mashina zavodi hech qachon 3 million aholini boqa olmaydi. Shuning uchun, vodiyda Hyundai zavodlarini, Jizzaxda avtozavod ochyapmiz.
Mashina raqobatbardosh bo‘lishi kerak. Bozor iqtisodiyoti talabi shu. Bu zavodga esa shuncha yil davomida barcha sharoitlarni berib qo‘ydik, aqlini ishlatmasdan mazza qilib yurishdi. Qanday qilib 20 yildan beri mashina uchun barcha xomashyo va ehtiyot qismlarni Janubiy Koreyadan olib kelib yurish mumkin? Biz o‘zimiz eplay olmaymizmi?
Bugun vazifa qo‘ydim, zavod 10 ming ishchi o‘rni yaratishi kerak. Yo‘qsa bunaqa zavod kerakmas. Holbuki, viloyatda 417 ming ishchi o‘rni yaratilishi kerak», — degan prezident.
Avvalroq «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Aziz Shukurov O‘zbekistonda yangi platformadagi avtomobillarni ishlab chiqarish o‘zlashtirilib, 2021 yil boshidan global shassi negizida 3ta yangi model ishlab chiqarilishi, Captiva segmentidagi avtomobillarga bo‘lgan talabni to‘ldirish maqsadida 2019 yil uchinchi choragidan SUV (Sport Utility Vehicle) namunasidagi 2 xil avtomobilni yirik tugunli yig‘ish yo‘lga qo‘yilishi haqida aytib o‘tgan edi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i ishdan olindi
Jamiyat | 15:26
-
Taxtaqoracha dovonida yana yong‘in chiqdi
Jamiyat | 15:21
-
Ilon Mask «Amerika» nomli yangi partiya tuzishini e’lon qildi
Jahon | 15:19
-
O‘zbekiston ayollar milliy jamoasi 23 yillik tanaffusdan so‘ng Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Sport | 15:09
Mavzuga oid

18:35 / 19.10.2023
Chevrolet Equinox - navbatlarsiz avtomobil xarid qiling

16:41 / 18.07.2023
Chevrolet Traverse 2024 taqdim etildi. Uning dizayni katta o‘zgarishlarga uchragan

08:14 / 31.12.2021
UzAuto Motors yangi Chevrolet Equinox narxlarini e’lon qildi

16:30 / 08.11.2019