Jamiyat | 11:56 / 08.06.2019
76207
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yana bir shifokorga tahdid qilingan video tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro va shifokor ishtirokida yuz bergan navbatdagi noxush video tarqaldi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea Navoiy viloyatining Navbahor tumanida yuz bergan. Tasvirlarda fuqaroning shifokor kiyimidagi shaxsga tahdid qilayotganini ko‘rish mumkin.

Videodan tushunish mumkinki, erkak kichik yoshdagi farzandini shifoxonaga olib kelgan. Ammo shifokor bolalar vrachi emasligi, erkak talab qilayotgan pediatr boshqa bemorni ko‘rayotgani, unga qo‘ng‘iroq qilib chaqirtirilganini aytgan. Biroq, erkak shunda ham so‘kinib, shifokorga tahdid qilishda davom etadi.  

“Bu yer senga tibbiyot instituti emas. Javobgarlikni his qilasanmi?! Bor, topib kel. Operatsiya deysan, tekshiryapti deysan. Sen hali o‘ynashyapsanmi, mol do‘xtiri”, - deydi erkak videoda.

Mavzuga oid