Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda o‘q ko‘rinishidagi maxfiy samolyot ilk parvoziga tayyorlanmoqda
Foto: Larry Downing/Reuters
AQShdagi Janubiy Kaliforniya aeroportida o‘q shakliga ega Celera 500L samolyoti payqaldi. AQShning Otto Aviation kompaniyasi ushbu samolyotni yaratish ustida olib borayotgan ishlarni 10 yildan beri sir saqlab keladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, samolyotning takomillashtirilgan modelining sinovlari o‘tkazib bo‘lingan va Celera 500L yaqin orada ilk parvozini amalga oshirishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, samolyot bir uchuvchi tomonidan boshqariladi va istalgan aerodromdan ucha oladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, samolyotning tezligi 510 mil/soatgacha (820 km/soat) yetadi, yonilg‘i sarfi esa 30-42 milga (50-70 km) bir gallonni (4 litr) tashkil qiladi. Shuningdek, Celera 500L 65 ming fut (20 km) balandlikkacha ko‘tarila oladi.
Taqqoslash uchun, keng tarqalgan bir motorli samolyot Pilatus PC-12 30 ming futgacha ko‘tariladi, kreyser tezligi soatiga 330 milgacha yetadi va o‘rtacha 5 mil yo‘lga bir gallon yonilg‘i sarflaydi. Bu ko‘rsatkichlardan Selera 500L’ning unumdorligi shunday turdagi yengil biznes-jyetlarnikidan 10 marta yuqoriroqligini ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid
22:27 / 10.04.2026
Tramp Eron bilan muzokaralar natijasini 24 soatdan keyin e’lon qiladi
22:21 / 10.04.2026
“AQSh-Isroilga ishonmaymiz, qo‘limiz tepkida” – Eronning O‘zbekistondagi elchisi
09:30 / 10.04.2026
Tramp NATOdan noroziligini bildirib, Grenlandiyani esladi
23:15 / 09.04.2026