Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google yuqori tariflar bois Xitoydagi ishlab chiqarishlarini qisqartirmoqda
Alphabet xoldingi va uning sho‘'ba kompaniyalari Xitoydagi ishlab chiqarishlarini Tayvanga ko‘chirmoqda. Bunga mahsulotlarning AQShga importiga nisbatan joriy etilgan yuqori tariflar sabab bo‘ldi.
Ayni paytda Alphabet bo‘linmasi sistema platalari ishlab chiqarishni Xitoydan Tayvan va Malayziyaga ko‘chirdi. Mazkur server platalari Google uchun juda muhim hisoblanadi, chunki ular bulutli servislar xizmatini ta'minlaydi.
Shuningdek, aqlli uylar uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi Nest kompaniyasining ham quvvati kamaydi. Mahsulotlari AQSh bozoriga mo‘ljallangan boshqa kompaniyalar ham ulardan o‘rnak olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Xitoyda ishlab chiqarilgan elektronika mahsulotlarining AQShga importi uchun tarif 25%ni tashkil etadi.
Mavzuga oid
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
12:04 / 23.05.2026
Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi
10:31 / 22.05.2026
Xitoy O‘zbekistondan 10 turdagi quritilgan sabzavotlarni olib kirishga ruxsat berdi
21:56 / 20.05.2026