O‘zbekiston | 00:53 / 14.06.2019
6802
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston davlat san'at muzeyi rekonstruksiyaga yopildi

Foto: O‘zbekiston davlat san'at muzeyi

O‘zbekiston davlat san'at muzeyi rekonstruksiya qilinish uchun yopildi.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, muzey joylashgan bino 1974 yilda foydalanishga topshirilgan va ta'mirtalab hisoblanadi, muzeyga tashrif buyuruvchilar sharoitlarni modernizaatsiya qilish lozim. Uning ustiga, muzey kolleksiyasi ham eng yaxshi holatda emas. 

O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 31 maydagi qarorini ijro etish yuzasidan “2017-2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlangan edi. 

Dasturga ko‘ra, O‘zbekiston davlat san'at muzeyini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Amalga oshiriladigan ishlar davomida muzey shedevrlarini saqlash uchun yaxshiroq sharoitlar yaratiladi, muzey kolleksiyalari va buyumlarning belgilangan me'yorlarda ko‘rgazmaga qo‘yilishi modernizatsiya qilinadi, qo‘shimcha xonalar qurish, binoning ichki va tashqi fasadlarini ta'mirlash, muzeyga tashrif buyuruvchilar kelishini tashkillashtirish bo‘yicha katta ko‘lamli ishlar rejalashtirilgan. 

Muzey rekonstruksiyasi 1 yil vaqt oladi va bu vaqt davomida muzey vaqtinchalik faoliyat yuritmaydi.

Mavzuga oid