Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Navro‘z» dehqon bozori to‘liq rekonstruksiya qilinadi
Toshkent shahar prokuraturasi va tuman rahbariyati ishtirokida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Navro‘z» dehqon bozori hamda «Bo‘z bozor» shoxobchasida o‘rganish ishlari o‘tkazildi. Bozorlarni takomillashtirish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari A.O‘rmonov, prokuror o‘rinbosari U.Mamarajabov, Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi B.G‘oibnazarov hamda Mirzo Ulug‘bek tuman prokurori O.Mannonov tomonidan «Navro‘z» dehqon bozori va «Bo‘z bozor» shoxobchasi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida bozorlarni tubdan takomillashtirish, yashirin iqtisodiyotni bartaraf etish, shuningdek, zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish masalalari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilandi. Qayd etilishicha, mazkur bozorlar bosqichma-bosqich raqamlashtirilib, savdo jarayonlarining ochiqligi va shaffofligi ta’minlanadi.

Shu bilan birga, bozor hududini to‘liq rekonstruksiya qilish va zamonaviy infratuzilma asosida qayta tashkil etish rejalashtirilgan. Ma’lum qilinishicha, bozor hududida maxsus vaziyat markazi tashkil etilib, u bozorning yagona «markazi» sifatida iqtisodiy, moliyaviy hamda nazorat jarayonlarini muvofiqlashtirib boradi.
Loyihalashtirish jarayonida bozorning arxitekturasi va ichki dizayni chuqur tahlil qilinib, eng ilg‘or xalqaro standartlarga mos tarzda ishlab chiqilgani bildirildi. Ushbu yondashuv savdo sub’yektlarining qonuniy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, naqdsiz hisob-kitoblarni kengaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Tashabbuslar natijasida soliq bazasi kengayishi, mahalliy budjet daromadlari sezilarli oshishi kutilmoqda. Islohotlar tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoit yaratish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgani ta’kidlandi.
Mavzuga oid
14:22 / 12.06.2026
Mevalar nega qimmat?
16:30 / 10.06.2026
“Chinor” metro bekati 50 kunga yopiladi
20:25 / 06.06.2026
Kalamushlar, yoqimsiz hid va yillab davom etayotgan muammo: Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahalla ahli yechim kutayotgan holat
17:31 / 26.05.2026