QQS fermerga zarar emas – Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida vazirlik mutasaddilari paxtaga qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) joriy etilishi bo‘yicha munosabat bildirdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«QQS joriy qilinishidan oldin Qishloq xo‘jaligi vazirligidan tashqari ham bir qancha tegishli tashkilotlarning xulosalari olingan.
Paxta QQSga tortilishidan oldin ham uning parvarishi bilan bog‘liq bo‘lgan turli kerakli mahsulotlar: mineral o‘g‘it, yoqilg‘i, turli xizmatlar ham qo‘shimcha qiymat solig‘i bilan yetkazib berilgan. Va shundan kelib chiqqan holda davlat xaridida paxta belgilangan va bozordagi talab va taklif mos ravishda narxlangan. QQS joriy qilingandan keyin davlat narx siyosatini qayta qo‘rib chiqadi. Fermerlar zarar ko‘rmaydi.
QQSning joriy etilishi, aksincha, qayta ishlovchi korxonalarga yengillik yaratadi. Ular endi o‘z mahsulotini QQS shakllangan holda sotib oladi», — deya ma'lumot berdi mutaxassislar.
Bundan tashqari, anjumanda ta'kidlanishicha, qishloq xo‘jaligida narxni bozor prinsiplari asosida belgilash boshlangan. Endi fermer xo‘jaliklarining o‘zi davlatga mahsulot topshirishi uchun ko‘ngilli bo‘lmoqda. Agar hosildorlik 40 sentnerdan yuqori bo‘lsa, davlat mahsulotning narxini oshiradi, 30 sentner va undan past bo‘lsa, buning teskarisi. Ushbu usul bilan fermerlarning yaxshiroq mehnat qilishga rag‘batlantirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, paxta xomashyosini ishlab chiqaruvchilar 2019 yil hosilidan boshlab QQS to‘lashga o‘tishadi. Bunda ularga 2018 yilning 1 oktyabridan ilgari bo‘lmagan vaqtda haqiqatda olingan va paxta xomashyosini yetishtirish uchun ishlatilgan tovarlar (ish, xizmatlar) uchun to‘langan QQS summasini hisobga olish huquqi beriladi.
Paxta xom-ashyosini qayta ishlab, undan mahsulot tayyorlovchi korxonalar paxta xaridi davomida QQSni inobatga olish imkoniyatiga ega bo‘lmagani uchun har 1 kg. paxtadan taxminan 343 so‘m ziyon qilishayotgandi. Aynan paxta klasterlari joriy yilda 23 million dollarga teng aylanma mablag‘ga ega bo‘lishi kutilmoqda.
Ta'kidlanishicha, paxta xomashyosini ishlab chiqaruvchilar 2019 yil hosilidan boshlab QQS to‘lashga o‘tishi paxta tolasi 1 tonnasi uchun tannarxning 12,2 million so‘mdan 11,5 million so‘mga (6 foiz) arzonlashiga imkon beradi. Paxtaning 1 kg xarid narxi esa 4500 so‘mgacha oshishi mumkin.
Mavzuga oid
08:40 / 09.09.2024
Eksport qiluvchilar uchun QQS qoplash tartibi soddalashtirildi
13:50 / 05.09.2024
XMT loyihalariga yetkazilgan tovarlar uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilarga QQS qaytariladi
07:53 / 04.09.2024
Ayrim tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytariladi
22:09 / 03.06.2024