Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda xorijiy investorlarga ko‘maklashish guruhi tashkil etildi
Foto: finance.bigmir.net
Xorijiy investorlar bilan ishlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qaror bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida eksperiment tariqasida Xorijiy investorlarga ko‘maklashish guruhi tashkil etildi.
Guruhning asosiy vazifasi xorijiy investorlarni biznesni yuritish shartlari to‘g‘risida xabardor qilish va faol axborot-tushuntirish ishlarini olib borish hisoblanadi.
Guruh tomonidan xorijiy investorlarning yagona ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi.
Investorlarning murojaatlari Guruh tomonidan “business.gov.uz” axborot tizimiga kechiktirilmasdan kiritib boriladi.
Bosh vazir qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati esa ularni o‘rganib, tegishli choralar ko‘rish uchun respublika darajasidagi vakolatli organlarga yoki hududiy qabulxonalarga yuboradi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026