Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Neksiya»da olib ketilayotgan sifati kafolatlanmagan mahsulotlar to‘xtatib qolindi
Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Neksiya” rusumli avtomashinasini to‘xtatib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o‘tkazishdi.
Natijada, avtomashina yukxonasidan fuqaro A.S.ga tegishli bo‘lgan umumiy qiymati 32,6 million so‘mlik, 866 dona tegishli sifati kafolatlanmagan parfyumeriya mahsulotlari borligi aniqlandi.
Yana bir holatda viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro R. O. boshqaruvidagi “Sobalt” rusumli yengil avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada ushbu avtomashina saloni hamda yukxonasida fuqaro R.D.ga tegishli bo‘lgan xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 5 turdagi, umumiy qiymati qariyb 30,5 million so‘mlik 312 dona uyali qo‘l telefon apparatlari va 141 dona uyali qo‘l telefon apparatining batareykalari mavjudligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026
Qayta ishlangan mahsulotlarga bojxona imtiyozlari qo‘llanadi
18:32 / 15.05.2026