Sport | 23:07 / 05.07.2019
7280
2 daqiqa o‘qiladi

Universiada-2019. O‘zbekistonga ikkinchi medalni Hikmatillo To‘rayev taqdim etdi

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Italiyaning Neapol shahrida davom etayotgan yozgi universiada o‘yinlarining uchinchi kungi bahslari yakunlandi. Quvonarlisi, bugun musobaqa dasturidan o‘rin olgan dzyudo bahslarida -73 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz Hikmatillo To‘rayev delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi medalni qo‘shib qo‘ydi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi  matbuot xizmati
Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi  matbuot xizmati

O‘z ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi davradan boshlagan To‘rayev dastlab latviyalik Abulfazs Nasirovsni va Shimoliy Koreyalik Kim Chol Gvangni mag‘lubiyatga uchratdi. Yarim final yo‘lida mezbon vakili Gismondo Andearadan ustun kelgan To‘rayev final yo‘llanmasi chiqish uchun bahsda rossiyalik Yevgeniy Prokorchukga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi  matbuot xizmati
Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi  matbuot xizmati

Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda chernogoriyalik Marko Gusichni dastlabki daqiqadayoq ippon, ya'ni sof g‘alaba bilan mag‘lub etgan polvonimiz universiadaning bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Universiadagi dastlabki medalini yana bir dzyudochimiz Muhammadkarim Xurramov (+90 kg) qo‘lga kiritgan edi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid