Central Park bog‘ning 85 yilligini nishonlashga taklif etadi!

13 va 14 iyul kunlari sobiq Telman istirohat bog‘i 85 yilligini o‘tgan yillar ruhidagi maxsus dastur va arxivdagi ajoyib fotosuratlar ko‘rgazmasi bilan nishonlaydi.
Central Park (sobiq Telman bog‘i) ma'muriyati bog‘da noyob tashlandiq arxivning topilgani haqida xabar berdi. Bu esa jamoatchilikka bog‘ning 85 yilligini nishonlash vaqtida fotogalereya shaklida namoyish etiladi.
Aziz Po‘latov, bog‘ boshqaruvchisi:
«Bahorda bog‘ hududida 160 dan ortiq fotosuratlar, gazetalar parchasi, ajoyib maqtov yorliqlari va bog‘ mukofotlaridan iborat noyob arxiv topilgan edi. Biz bularning barini raqamlashtirib, bog‘da fotoko‘rgazma o‘tkazishga qaror qildik. Tasodifni qarangki, bog‘ bu yili 85 yoshga to‘lar ekan va biz bu yubileyni keng ko‘lamda bayram sifatida nishonlashga qaror qildik. Ushbu sanada tashrif buyuruvchilar bog‘ning boy tarixiga nazar solish va topib olingan bebaho arxivni tomosha qilish imkoniga ega bo‘lishadi».
Yubiley munosabati bilan bog‘ o‘tgan yillarning unutilmas muhitini qaytadan yaratishga va'da bermoqda. Mehmonlarni maxsus bezaklar, tematik fotozonalar va «Taqdir hazili», «Kavkaz asirasi», «Shurikning sarguzashtlari» filmlari hamda «Nu, pogodi», «Bolakay va Karlson», «Buratino», «Cheburashka» kabi multfilmlarning barcha uchun sevimli bo‘lgan qahramonlari, shuningdek, stilyaga va kvestli shou-dasturlar kutib qoladi.
Bog‘da mazali kekslar, «kartoshka» shirinligi, chumoli uyasi (muraveynik) kabi qandolat mahsulotlari bilan Safia Catering’dan tematik bufet, shuningdek, barchaga tanish bo‘lgan aravachalarda kvas va gazlangan suv avtomatlari xizmat qiladi.
Tadbirning bosh hamkori – Yangi Darhon TJM bo‘lib, kompaniya istirohat bog‘ida qimmatbaho sovg‘alar o‘yini hamda turli tanlovlarni tashkil etadi.
Tadbir Nice Day Event Group ivent-agentligi tomonidan o‘tkazilmoqda.
O‘tkaziladigan kunlari: 13 va 14 iyul
Dastur vaqti: 20:00 dan 23:00 gacha
Facebook: fb.com/CentralParkTashkent
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Issiq havo qaytadi, ba’zi hududlarga sel keladi - kutilayotgan ob-havo tahlili
O‘zbekiston | 20:03
-
Global isish tufayli La-Manshga sakkizoyoqlar yopirildi
Jahon | 19:50
-
Sariosiyo aeroporti 20 yildan so‘ng faoliyatini tikladi
O‘zbekiston | 19:09
-
Toshkent yerusti metrosida 3 oy davomida rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi
Jamiyat | 19:07
Mavzuga oid

15:00 / 29.03.2025
Central Park' da Ramazon hayiti: shodlik va unutilmas taassurotlarga boy 3 kun!

11:30 / 07.05.2021
«Central Park» 335 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni tashrif buyuruvchilarga qaytarib beradi

00:09 / 25.05.2018